Toshkentdagi renovatsiya vaqtida koʻchmas mulk egalariga Yangi Toshkentdan kvartiralar taklif qilinishi mumkin
Toshkentning Toshkent Invest Company ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgan renovatsiya hududlaridagi koʻchmas mulk egalari avvalgi obyektining baholangan qiymatining 150 foizigacha boʻlgan qiymatdagi Yangi Toshkent kvartiralari koʻrinishida kompensatsiya olishi mumkin.

Toshkent Invest Company AJ uy-joy loyihalarini amalga oshirayotgan Yangi Toshkentda koʻchib oʻtishni va uy-joy sharoitlarini yaxshilashni istagan renovatsiya hududlari aholisi uchun qoʻshimcha variant koʻrib chiqilmoqda. Bu mexanizm prezidentning 2026-yil 10-noyabrdagi farmonida nazarda tutilgan.
Mulk egalariga mavjud kvartirasi maydoniga tengdan uning dastlabki maydonining 150 foizigacha boʻlgan maydondagi uy-joy berilishi mumkin. Masalan, maydoni 50 kv. m boʻlgan kvartiraga ega oila uchun variantlardan biri maydoni 75 kv. mgacha boʻlgan yangi uy-joy boʻlishi mumkin.
Oilaga bitta kvartira oʻrniga kattaroq uy-joy yoki ikkita alohida kvartira ham taklif qilinishi mumkin. Bunda keltirilgan variantlar shartli misollar boʻlib, kafolatlangan shartlar hisoblanmaydi.
Har bir holat koʻchmas mulkning xususiyatlari va mulk egalarining ehtiyojlari hisobga olingan holda alohida koʻrib chiqiladi. Takliflarni tayyorlashga mustaqil tashkilotlar jalb etiladi, maydon, kvartiralar soni va boshqa shartlar esa tomonlar bilan kelishiladi.
Asosiy tamoyillar mulk egalari huquqlarini himoya qilish, jarayonlarning shaffofligi va kompensatsiya shartlarini kelishishdan iborat boʻlib qoladi.




