47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Bekobod va Xazoraspda 201 mln soʻmlik noqonuniy savdo aniqlandi

Bekobodda va Xazorasp tumanida dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan bogʻliq 201 mln soʻmlik ikki noqonuniy savdo holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

18-noyabr, 18:54По-русски

Read in English

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida va Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvchilarini ushladi.

Birinchi holatda fuqarodan qiymati 135 mln soʻmlik 100 quti dori vositasi olib qoʻyildi. Tekshiruvda sotuvchida dorilarning sifatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagani aniqlandi.

Xazorasp tumanida ushlangan shaxs besh nomdagi 28 280 dona dori vositasi va 10 500 ta shpritsni sotayotgan edi. Ushbu partiyaning qiymati 65,9 mln soʻmni tashkil etgan.

Har ikki holat boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.