AQSh Buyuk Britaniyadagi Leykenhit aviabazasi infratuzilmasini kengaytirmoqda
Amerikalik olimlar federatsiyasi Buyuk Britaniyadagi Leykenhit aviabazasida yangi qurilish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berdi. Federatsiya bahosiga koʻra, bu ishlar AQSh yadroviy qurollarining qaytarilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Tadqiqotchilar Vantor kompaniyasining sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini oʻrganib, ularni AQSh Harbiy-havo kuchlari va Britaniya hukumat idoralari hujjatlari bilan taqqoslagan. Tasvirlarda ular aviabazaning qoʻriqlanadigan hududini kengaytirish ishlari olib borilayotganini aniqlagan. AQSh Harbiy-havo kuchlari hujjatlarida bu loyiha yadroviy missiya xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻlangan.
Leykenhitni modernizatsiya qilish ishlari 2022-yildan beri davom etmoqda. Federatsiya maʼlumotlariga koʻra, qoʻriqlash tizimini qurishni dastlab 2029-yil oktabrida yakunlash rejalashtirilgan. AQSh Harbiy-havo kuchlarining yangilangan bahosida esa 2028-yil noyabr koʻrsatilgan. Bu muddat qurilish ishlariga taalluqli. Hisobotda qurollar qachon joylashtirilishi mumkinligi haqida sana keltirilmagan.
Tadqiqotchilar bahosiga koʻra, AQSh yadroviy qurollarining Leykenhitga qaytarilishi AQSh Harbiy-havo kuchlarining Buyuk Britaniyadagi yadroviy missiyasi 2008-yildan beri ilk bor qayta tiklanganini anglatgan boʻlardi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

