Shavkat Mirziyoyev TDTning yangi bosh kotibi bilan Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan sammitga tayyorgarlikni muhokama qildi
Turkiyada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. U 11 noyabr kuni oʻz vazifasini bajarishga kirishadi.

Uchrashuvda yangi bosh kotibning ustuvor vazifalari, shuningdek, Oʻzbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, 2027 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalasini koʻrib chiqdilar. Uchrashuv ishtirokchilari sammitni tashkiliy va mazmuniy jihatdan yuqori saviyada oʻtkazish muhimligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida Azimov lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabriklandi, unga bosh kotib sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyat va samarali ish tilaklari bildirildi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

