47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi bugun Dohada Saudiya Arabistoni bilan oʻynaydi

17 noyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi Dohada Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

17-noyabr, 11:40По-русски

Read in English

Uchrashuv FIFAning noyabrdagi xalqaro oynasi doirasida «Jassim bin Hamad» stadionida boʻlib oʻtadi. Har ikki jamoa uchun bu soʻnggi kunlardagi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvi boʻladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi avvalroq oʻz maydonida Rossiyaga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi, garchi oʻyin davomida ikki toʻp farqi bilan oldinda borgan boʻlsa ham. Saudiya Arabistoni esa uchrashuvga Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobidagi gʻalabadan soʻng kelmoqda.

Jamoalar noyabrdagi uchrashuvlardan futbolchilarni sinab koʻrish va navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish uchun foydalanmoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro avvalroq Rossiyaga qarshi magʻlubiyatdan keyin xatolarini tan olgan edi.