Google 2029-yilda Blue Origin raketasida AI serverlarini kosmosga yuboradi
Google Blue Origin bilan AI tezlatkichlari oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldoshlarni New Glenn raketasida 2029-yilning birinchi choragida uchirishga kelishdi. Ular Quyoshga sinxron orbitaga chiqariladi.

Missiya Project Suncatcher doirasidagi birinchi alohida ogʻir toifadagi uchirish boʻladi. Har bir sunʼiy yoʻldoshning hisoblash quvvati quruqlikdagi maʼlumotlar markazi serverlar stoykasiga taxminan teng boʻladi. Kompaniyalar apparatlar soni va kelishuv qiymatini oshkor qilmadi.
Google loyihasi Tensor Processing Unit (TPU) tensor tezlatkichlariga asoslangan infratuzilmani orbitaga joylashtirishni nazarda tutadi. Kelajakda sunʼiy yoʻldoshlar kosmik maʼlumotlar markazlari uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin.
2026-yil oktabrida Googleʼning toʻrtta TPU oʻrnatilgan tajriba apparatini SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi orbitaga olib chiqdi. Oktabr oxirida sunʼiy yoʻldoshda ishlagan Gemma 4 modeli orbitadagi ilk AI soʻrovini bajardi: uch misrali sheʼr yaratib, uni Yerga uzatdi. 2027-yilga ikkita sunʼiy yoʻldoshning oʻzaro hamkorligini tekshirish, shuningdek tezlatkichlarning radiatsiya va harorat yuklamalariga barqarorligini baholash rejalashtirilgan.




