47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Uitkoff va Kushner payshanba kuni Berlinda Ukraina xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiladi

AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner payshanba kuni Berlinda ukrainalik va yevropalik rasmiylar bilan uchrashadi, deb yozdi Axios manbalarga tayanib.

17-noyabr, 19:22По-русски

Read in English

Muzokaralarda Ukraina xavfsizlik kafolatlari va uning urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish rejasi muhokama qilinadi. Axios maʼlumotlariga koʻra, AQSh vakillari Rossiya bilan bir vaqtda aloqada boʻlgan holda, ukrainalik va yevropalik rasmiylar bilan muntazam muloqot qilib kelmoqda.

Berlindagi uchrashuv AQSh, Rossiya va Xitoy yetakchilarining Shenchjenda uch tomonlama sammiti rejalashtirilgan kunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Amerikalik amaldor bu voqealarni muvofiqlashtirilgan diplomatik saʼy-harakatlar deb atadi.