47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Qashqadaryoda koʻmir koni yaqinidagi daraxt va butalar yoʻq qilingach, jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Yakkabogʻ tumanidagi «Zarmas» koniga yoʻl yotqizish chogʻida 33 ta daraxt va qariyb 3 mingta buta yoʻq qilingan. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar 480 mln soʻmdan ortiq, yaʼni qariyb 40 ming dollar deb baholangan.

11-noyabr, 16:24По-русски

Read in English

Akobirolmasov diplomat / Wikimedia Commons / upload.wikimedia.org

Huquqbuzarliklar davlat oʻrmon xoʻjaligining muhofaza qilinadigan hududida aniqlangan. Mega Asia Salt and Quartz korxonasida konni geologik oʻrganish uchun ruxsatnoma boʻlgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar versiyasiga koʻra, kompaniya koʻmir qazib olib, uni sotgan.

IIB maʼlumotiga koʻra, korxona xodimi 500 tonna koʻmirni 350 mln soʻmga (qariyb 29,2 ming dollar) sotishga kelishgan. U shu summadan 50 mln soʻmni (qariyb 4,2 ming dollarni) olayotgan paytda qoʻlga olingan.

Yoʻl yotqizish chogʻida 24 ta Zarafshon archasi, toʻqqizta uchqat daraxti va qariyb 3 mingta buta ildizi bilan sugʻurib tashlangan. Korxona rahbari va boshqa shaxslarga nisbatan oʻzboshimchalik hamda oʻsimliklarni yoʻq qilish haqidagi moddalar boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov davom etmoqda.