Oʻzbekiston Prezidenti BMT Taraqqiyot dasturi Administratori bilan uchrashdi
Uchrashuvda barqaror rivojlanish va iqlim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, BMTTDning 2030-yilgacha moʻljallangan yangi Mamlakat dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikdagi ijobiy dinamikani qayd etdi. Soʻnggi besh yil ichida Oʻzbekistonda 100 dan ortiq qoʻshma loyiha amalga oshirildi, ularning umumiy qiymati $120 mln dan oshdi, hamkorlikning umumiy hajmi esa $550 mln dan oshdi.
Uchrashuv ishtirokchilari “yashil” transformatsiya va iqlimni moliyalashtirishni jalb etish boʻyicha ishlarni faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek, Orolboʻyi hududi uchun qoʻshma dasturlar hamda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq yoʻqotishlar va zararlarni baholash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

