47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda 230 dan ortiq kishi halok boʻldi

2026 yilning oʻn oyida Oʻzbekistonda mehnat faoliyati bilan bogʻliq 771 baxtsiz hodisa qayd etildi. 847 kishi jabrlanib, ulardan 231 nafari halok boʻldi.

18-noyabr, 16:00По-русски

Read in English

Oʻzbekistonda Davlat mehnat inspeksiyasi 2026 yilning oʻn oyida mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

771 hodisaning 38 tasi guruhli, 542 tasi ogʻir oqibatli boʻlgan, 189 tasi esa odamlarning halok boʻlishi bilan yakunlangan. Jabrlangan 847 kishidan 486 nafari ogʻir, 30 nafari yengil tan jarohatlari olgan. Jami 231 kishi halok boʻlgan.

Baxtsiz hodisalar munosabati bilan 16 mlrd 637 mln soʻm miqdorida bir martalik va oylik toʻlovlar undirildi. Inspeksiya mehnat xavfsizligi har bir korxona va ish joyida ustuvor yoʻnalish boʻlib qolishi kerakligini taʼkidladi.