Toshkentda tovlamachilik va zoʻravonlikda gumon qilinayotganlar guruhi ushlandi
Toshkentda jinoiy guruhning taxmin qilinayotgan ishtirokchilari ushlandi. Ular pul va maishiy nizolarda tovlamachilik, tahdid va kuch ishlatishda gumon qilinmoqda.

Toshkentda uyushgan jinoiy guruhning taxmin qilinayotgan ishtirokchilari ushlandi. Maxsus operatsiya, xususan, sport zalida oʻtkazildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olinganlar avtomobillar va mobil telefonlar savdosi, qarzlarni qaytarish hamda ish haqi toʻlanmagani sababli kelib chiqqan nizolarga aralashgan. Ular, taxminlarga koʻra, nizo ishtirokchilariga bosim oʻtkazish uchun tahdid, qoʻrqitish va jismoniy kuch ishlatgan.
Qoʻlga olinganlar orasida Umid Abdurahimov («Dolya»), Izzat Yuldoshev («Skar»), Rustam Ziyayev («Tuz») va Davron Abdurahimov («Dodi») borligi aytilmoqda.
Mazkur fakt yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tovlamachilikka oid 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Holat tafsilotlari aniqlanmoqda, gumon qilinayotganlarning aybdorligini esa faqat sud belgilashi mumkin.




