Kreml: Uitkoff va Kushner 12 noyabrda Moskvaga uchib keladi
AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiven Uitkoff va Jared Kushner 12 noyabrda Moskvaga uchib keladi. Vladimir Putin bilan muzokaralar kunning birinchi yarmida kutilmoqda.
11-noyabr, 18:47По-русски
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv payshanba kuni ertalab boʻlib oʻtishi mumkin.
Hududiy masalalar va xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinishi mumkinligi haqidagi savolga Ushakov Kreml Abu-Dabidagi muzokaralar yakunlarini hozircha bilmasligini aytib javob berdi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, AQSh vakillari «nimanidir olib kelishmoqda».
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

