47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston va Turkiya chiqindilar sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

Oʻzbekiston va Turkiya agentliklari chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha hamkorlik bayonotini imzoladi. Tomonlar kompostlash va qadoqlarni avtomatik qabul qilish boʻyicha pilot loyihalarni koʻrib chiqadi.

20-noyabr, 12:47По-русски

Read in English

Toshkentda Oʻzbekiston Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) hamkorlik bayonotini imzoladi.

Hujjat chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqaror shaharlarni rivojlantirishni qamrab oladi. Kelishuvlar doirasida tomonlar Oʻzbekistonda organik chiqindilarni kompostlash boʻyicha pilot loyihalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini oʻrganadi.

Shuningdek, plastik idishlar va qayta ishlashga yaroqli boshqa qadoqlarni qabul qiluvchi avtomatlashtirilgan qurilmalarni joriy etishni baholash rejalashtirilmoqda. Hamkorlik texnik tajriba almashish, ekologik texnologiyalardan foydalanish va «Nol chiqindi» tamoyillarini ilgari surishni ham nazarda tutadi.

Tomonlarning kutishicha, hamkorlik ekologiya sohasidagi amaliy aloqalarni kengaytiradi va Oʻzbekistonda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etishga yordam beradi.