Oʻzbekiston aholisi mahalliy Kengashlar majlislarini kuzata oladi
2027-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston aholisi mahalliy Kengashlar majlislarini kuzata oladi, ammo muhokama va qaror qabul qilishda qatnasha olmaydi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev farmonida belgilangan.

Oʻzbekiston aholisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida kuzatuvchi sifatida qatnasha oladi. Ularga majlislarda soʻzga chiqish yoki qarorlarga taʼsir koʻrsatish huquqi berilmaydi.
Farmon deputatlarning mahalliy hokimiyat ustidan nazoratini ham kengaytiradi. Ijro hokimiyati organlari rahbarlari belgilangan muddatlarda Kengashlar oldida shaxsan hisobot berishi kerak boʻladi. Deputatlar har chorakda hokimlar va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida saylov okruglaridagi muammolarni muhokama qiladi.
Kengashlar qarorlari bajarilmasa yoki hisobotlar kechiktirilsa, deputatlar yuqori turuvchi organlarga mansabdorlarni intizomiy jazolash yoki ularning lavozimiga nomuvofiqligi haqida taqdimnoma yuborishi mumkin. Bunday murojaatlar majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
2026-yil 1-dekabrdan tuman va shahar Kengashlari hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi. 2028-yil mahalliy budjetlarini shakllantirishda hudud toifasiga qarab xarajatlarning 3–5 foizi deputatlar tashabbuslariga ajratiladi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

