Ziroat Mirziyoyeva COP31da Oʻzbekistonning tabiatni muhofaza qilish tashabbuslarini taqdim etdi
Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliyadagi COP31 paviloniga tashrif buyurib, “Nol chiqindi” alyansini tuzishni qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekistonning BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi Tomonlar konferensiyasi 31-sessiyasidagi paviloni “Uzumzor: oʻtmish merosi, bugunning yechimi, kelajak ilhomi” konsepsiyasi asosida bezatilgan. Mirziyoyeva mamlakatning ekologik tashabbuslari bilan tanishdi.
Unga “Zamin” xalqaro jamoat fondi amalga oshirayotgan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi ham taqdim etildi. Dastur turli bosqichlardagi ekologik taʼlimni birlashtiradi: LEAF maktabgacha va boshlangʻich taʼlim uchun, Eco-Schools umumiy taʼlim maktablari uchun, Eco-Campus esa oliy va oʻrta professional taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan.
Mirziyoyeva, shuningdek, “Nol chiqindi” global alyansini tuzish eʼlon qilingan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi. Alyans resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilarni kamaytirish yoʻlida davlat va hukumat rahbarlarining turmush oʻrtoqlari saʼy-harakatlarini birlashtiradi.
Uchrashuvda u Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdoʻgʻanga taklif qilgani va Zero Waste tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Mirziyoyeva ekologik maʼrifatni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar ilgari surayotgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishni taklif qildi.




