47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Sport

U-17 jahon chempionati boshlandi. Oʻzbekistonning raqiblari — Italiya, Yamayka va Kot-dʼIvuar

Oʻzbekiston terma jamoasi ilk uchrashuvini 20 noyabr kuni Kot-dʼIvuarga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Dohadagi «Aspire Zone» majmuasi stadionida boshlanadi.

19-noyabr, 16:57По-русски

Read in English

Shundan soʻng Sergey Chigodayev jamoasi 23 noyabr kuni soat 18:00 da Yamayka bilan uchrashadi, 26 noyabr kuni esa Italiyaga qarshi oʻynaydi. Soʻnggi uchrashuv soat 19:00 ga belgilangan. Oʻzbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha oʻyinlari «Aspire Zone»da oʻtkaziladi.

Pley-off bosqichiga barcha guruhlarda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi oʻrin sohiblari orasidagi eng yaxshi sakkizta terma jamoa chiqadi. Keyingi bosqichda jami 32 ta terma jamoa ishtirok etadi.

11 noyabr kuni AQSh terma jamoasi turnirda qatnashishdan bosh tortdi. FIFA uning oʻrniga Dominikan Respublikasini kiritdi — bu jamoa uchun U-17 jahon chempionati ilk bor oʻtkaziladi.

Turnirda oʻzbekistonlik hakamlar ham ishlaydi. Asker Nafaliyev bosh hakam etib tayinlandi, Baxtiyorxoʻja Shavkatov va Avazbek Abdullayev esa uning qanotdagi yordamchilari boʻladi. Hakamlar brigadasi uchun ilk oʻyin Mozambik — Daniya uchrashuvi boʻladi.