47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda kuch tuzilmalari sobiq qoʻriqchi maʼlumoti bilan oʻquv markazi bosqinini toʻxtatdi

Toshkentda IIBB va DXX xodimlari oʻquv markaziga bosqindan oldin uch gumondorni qoʻlga oldi. IIBBga koʻra, tashabbuskor binodagi katta pulni bilgan sobiq qoʻriqchi boʻlgan.

13-noyabr, 16:14По-русски

Read in English

1995-yilda tugʻilgan sobiq qoʻriqchi hujumga tayyorgarlikka tanishlarini jalb qilgan. Toshkent shahar IIBB maʼlumotiga koʻra, u binodagi vaziyatni oʻrganib, pullar saqlanadigan joyni koʻrsatishi, sherigi esa elektrni uzishi kerak boʻlgan.

Guruh aʼzolari markazga niqob taqib, orqa eshik orqali kirib, naqd pulni olib, ijaraga olingan mashinada Fargʻona viloyati orqali qoʻshni davlatga ketishni rejalashtirgan. Ishtirokchilardan biri ehtimoliy guvohlarni chalgʻitish va izlarni yashirish uchun ayollar kiyimiga kiyingan.

Gumondorlar pulni qoʻlga kiritishidan oldin tezkor xodimlar uch kishini qoʻlga oldi. Ulardan niqoblar, bolgʻa, qop, qoʻlqoplar, ratsiyalar, buzib kirish asboblari, kalit nusxalari va xorijga chiqish pasporti olib qoʻyildi.

Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. Ushbu bandlar qurol yoki qurol sifatida foydalanilgan buyumlarni qoʻllagan holda, oldindan til biriktirgan guruh tomonidan sodir etilgan bosqinchilikni nazarda tutadi. Ish boʻyicha gumondorlar qamoqqa olindi, tergov harakatlari davom etmoqda.