47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Kandinskiy kartinasi auksionda rekord summaga sotildi

Vasiliy Kandinskiyning «Tagi chizilgan burchaklar» asari Christieʼsning Nyu-Yorkdagi auksionida 85,8 mln dollarga sotildi — rassom uchun yangi narx rekordi.

18-noyabr, 18:44По-русски

Read in English

peopletalk.ru

Nyu-Yorkdagi Christieʼs auksionida «Tagi chizilgan burchaklar» Vasiliy Kandinskiyning eng qimmat asariga aylandi. Mutaxassislar kartinani 60–80 mln dollarga baholagan, shu bois yakuniy narx prognozning yuqori chegarasidan oshdi.

Asarni art-dilerlar Nahmad oilasi sotdi. Oila kartinani avval Sothebyʼs auksionida 1 mln dollarga xarid qilgan edi. Gʻolib taklifni Christieʼs kompaniyasining global prezidenti Aleks Rotter berdi. Lot uchun Christieʼsning Shimoliy va Janubiy Amerikadagi zamonaviy sanʼat departamenti rahbari Sara Fridlander hamda art-maslahatchi Ralf De Luka ham kurashdi.

Kandinskiyning avvalgi rekordi «Murnau cherkov bilan II» kartinasiga tegishli edi — u 44,8 mln dollarga sotilgan.