Oʻzbekiston va Finlandiya prezidentlari hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Antaliyadagi iqlim konferensiyasi doirasida Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashib, hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.

Uchrashuv 2026-yil 11-noyabr kuni BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi doirasida boʻlib oʻtdi. Mirziyoyev va Stubb Finlandiya prezidentining oʻtgan yili Oʻzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasini koʻrib chiqdilar.
Oʻzaro savdoni oshirish, metallurgiya, energetika va geologiya sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar ekologiya va suv resurslari sohasidagi hamkorlikka ham eʼtibor qaratdilar.
2027-yil boshida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes-forumini oʻtkazish muhimligi qayd etildi. Bundan tashqari, prezidentlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

