Gʻishtkoʻprik chegara oʻtkazish punktining oʻtkazuvchanligi oshiriladi
Qayta taʼmirdan soʻng Gʻishtkoʻprik punkti sutkasiga 70 ming, tigʻiz paytda esa 100 ming kishigacha xizmat koʻrsatadi. Ochilish 2026-yil dekabriga rejalangan.

2026-yil noyabrida Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi Gʻishtkoʻprik oʻtkazish punktini rekonstruksiya qilish yakunlandi. Qozogʻistonda u Chernyayevka nomi bilan tanilgan. Punkt Toshkent viloyatining Toshkent tumanida, Qozogʻistonning Jibek Joli punkti roʻparasida joylashgan. Oʻzbekiston tomonida hudud kengaytirildi, bojxona va chegara nazorati tizimlari yangilandi, yengil avtomobillar uchun Z portal koʻrik kompleksi oʻrnatildi.
Yoʻlovchilar va transport vositalari uchun “yashil” va “qizil” yoʻlaklar koʻzda tutilgan. Postda avtobuslar uchun alohida yoʻnalishlar tashkil etildi, quyosh panellari oʻrnatildi va avtoturargoh infratuzilmasi yangilandi. Qozogʻistonda ikkita yoʻlovchi terminali qurildi, oʻtkazish punkti esa yengil avtomobillar va avtobuslar uchun alohida yechimlar bilan jihozlandi.
17-noyabr kuni Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Otabek Ibrohimov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga Gʻishtkoʻprik va Dovut ota punktlari tez orada ochilishini maʼlum qildi. Qoʻmita matbuot xizmati har ikki punkt orqali harakatni 2026-yil dekabrida qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilganini bildirdi. Ochilishning aniq sanasi aytilmadi.




