47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va EGIS farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Agentlik direktori Abdulla Azizov EGIS bilan kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish, investitsiyalar va yangi loyihalarni muhokama qildi.

19-noyabr, 16:02По-русски

Read in English

Uchrashuvda EGISning Oʻzbekiston bozoridagi faoliyatini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mahsulotlar assortimentini kengaytirishni muhokama qildi. Ishtirokchilar kompaniyaning xalqaro tajribasidan foydalanish masalasini ham alohida koʻrib chiqdi.

EGIS Markaziy va Sharqiy Yevropadagi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi. Uning mahsulotlari 105 mamlakatda taqdim etilgan, portfeliga esa 656 ta dori vositasi kiradi. 2024/2025-moliya yili yakunlariga koʻra, kompaniyaning savdo hajmi 773,3 mln yevroni tashkil etgan, kompaniya yana 56,6 mln yevroni tadqiqot va ishlanmalarga yoʻnaltirgan.