Shavkat Mirziyoyev iqlim tahdidlarini yumshatish uchun yangi hamkorlik modelini taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev COP31 sammitida, Antalyada Markaziy Osiyoning iqlimiy integratsiyasi tashabbusini ilgari surdi. U axborot, texnologik va moliyaviy hamkorlikni nazarda tutadi.

Tashabbus doirasida Jahon meteorologiya tashkiloti koʻmagida iqlim xatarlari haqidagi maʼlumotlarni almashish infratuzilmasini yaratish taklif etilmoqda. Birinchi bosqich sifatida tabiiy ofatlarga tezroq javob berish imkonini beradigan erta ogohlantirish tizimi yaratilishi mumkin.
Keyin mintaqa mamlakatlari sekin rivojlanadigan tabiiy ofatlarni monitoring qilish uchun iqlimiy koʻrsatkichlarni birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Mirziyoyev tuproqni tiklash, uglerodni yutish va chang-qum boʻronlariga qarshi kurashda tabiatga oʻxshash texnologiyalardan foydalanishni ham qayd etdi.
Yana bir taklif — Eco Expo koʻrgazmasi negizida doimiy investitsiyaviy-texnologik maydoncha tashkil etish. U Markaziy Osiyo sharoitiga moslashtirilgan ekologik yechimlarga yoʻnaltiriladi.
Prezident rivojlanish banklari va maqsadli jamgʻarmalar bilan yangi qoʻllab-quvvatlash vositalarini ishlab chiqishga chaqirdi. Ular qatoridan imtiyozli grantlar, shuningdek, «koʻk» va «arid» moliyalashtirish mexanizmlari oʻrin oladi.
Mirziyoyevning aytishicha, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga qisqartirish maqsadini muddatidan oldin bajargan. Mamlakatning yangi vazifasi — bu koʻrsatkichni 2035-yilgacha 50 foizga kamaytirish.




