Raqamli rivojlanish vazirligi IT kompaniyalarini 2027-yil vazifalari soʻroviga taklif qilmoqda
Vazirlik raqamli soha vakillari va investorlarni raqamli transformatsiya hamda 2027-yil vazifalari boʻyicha soʻrovga taklif qilmoqda. Boʻlajak uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev ham qatnashadi.

Raqamli rivojlanish vaziri Sherzod Shermatov Oʻzbekiston texnologik kompaniyalarini soha rivoji haqidagi savollarga javob berishga taklif qildi. Vazirlik 2026-yil yakunlari boʻyicha investorlar va raqamli sektor vakillari bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda.
Ishtirokchilardan raqamli yoʻnalish rivojini baholash, eng foydali tashabbuslarni sanash va yechim talab qiladigan muammolarni koʻrsatish soʻraladi. Anketada raqamli infratuzilmani zarur darajada yaxshilash choralari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ham soʻraladi. Tashabbuslar qatorida Land of Startups, President AI Award va 5 Million AI Leaders bor.
Alohida boʻlim xalqaro IT kompaniyalarini jalb qilishga bagʻishlangan. Unda Oʻzbekistonda mintaqaviy ofislar, tadqiqot yoki sunʼiy intellekt markazlarini ochishga qanday choralar undashi mumkinligi soʻraladi. Variantlar: soliq imtiyozlari, mutaxassislar uchun viza tartiblarini soddalashtirish va ofis bilan taʼminlashda davlat koʻmagi.
Shermatovga koʻra, soʻrov natijalari asosiy muammolarni aniqlash, normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish loyihalarini tayyorlash va keyingi rejalarni shakllantirishga yordam beradi. Anketani anonim toʻldirish yoki xohishga koʻra aloqa maʼlumotlarini qoldirish mumkin. U rus, oʻzbek va ingliz tillarida mavjud.




