47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonda umra safarlarini litsenziyasiz tashkil etish holatlari aniqlandi

Samarqand va Gulistonda litsenziyasiz umra safarlarini tashkil etishning ikki holati aniqlandi. Har ikki holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, ikki erkak ushlandi.

10-noyabr, 17:12По-русски

Read in English

afif.id / shutterstock

Oʻzbekistonda umra safarlarini faqat maxsus litsenziyaga ega tashkilotlargina tashkil etishi mumkin. Belgilangan tartib ziyoratchilar huquqlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini taʼminlash va sifatli xizmatlar koʻrsatilishini ham nazarda tutadi.

Samarqandda ichki turizm bilan shugʻullanuvchi turistik firma xodimi uch nafar fuqaroni zarur ruxsatnomalarsiz Saudiya Arabistoniga yuborishni taklif qilgan. U har bir kishi uchun 1,2 ming dollardan talab qilgan. Erkak pulni olayotgan paytda Davlat xavfsizlik xizmati va Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Gulistonda boshqa bir erkak Toshkentda faoliyat yurituvchi turistik firma orqali uch nafar fuqaroning safarini tashkil etish uchun 3,3 ming dollar va 1,2 mln soʻm olgan. U Davlat xavfsizlik xizmati hamda Sirdaryo viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Har ikki ish boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda.