Final Fantasy 7 rejissyori: muxlislar reaksiyasi syujetni oʻzgartirmaydi
Final Fantasy 7 remeyk trilogiyasi rejissyori Naoki Hamaguchi uning asosiy yoʻnalishini muxlislar reaksiyasi emas, ijodkorlar belgilashini aytdi.

Hamaguchi X dagi postida jamoa hikoyaning asosiy yoʻnalishini mustaqil tanlashni oʻz masʼuliyati deb bilishini yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, Final Fantasy 7 yangi avlod ishlab chiquvchilari bilan birga zamonaviy auditoriya uchun qayta talqin qilinmoqda.
Remeyklarda originaldan sezilarli farqlar, jumladan, Shivirlaganlar va Zak Feyrning yangi roli paydo boʻldi. Bu oʻzgarishlar muxlislar orasida bahslarga sabab boʻldi: ayrimlar yangi mavzular va qahramonlarni qoʻllab-quvvatladi, boshqalari esa syujet dastlabki oʻyindan haddan tashqari uzoqlashishidan xavotir bildirdi.
Hamaguchi intervyusida hikoyadagi oʻzgarishlar boʻyicha soʻnggi soʻz original Final Fantasy 7 ijodkorlarida qolishini ham tushuntirdi. Yosh ishlab chiquvchilar tanish unsurlarni zamonaviy oʻyinchilar uchun qayta talqin qilishlari kerak.
Trilogiyaning yakuniy qismi — Final Fantasy 7: Revelation — 2027-yil 8-aprelda chiqishi kerak. Materialda qayd etilishicha, relizgacha jamoa muxlislar fikri oʻzgarib turishidan qatʼi nazar, tanlangan yoʻnalishni rivojlantirishda davom etadi.
Yana oʻqing

GTA VI relizdan keyingi ilk sutkada 1,84 mlrd dollar daromad keltirdi
Madaniyat19-noyabr, 19:04
Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti kitobining arabcha taqdimoti boʻlib oʻtdi
Madaniyat19-noyabr, 15:57

