47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Si Szinpin APEC uchun toʻrtta taklifni ilgari surdi

XXR raisi Si Szinpin 18 noyabr kuni Shenchjendagi APEC sammitida tinchlik, savdo va innovatsiyalarga oid hamkorlikning toʻrt yoʻnalishini taklif qildi.

18-noyabr, 18:55По-русски

Read in English

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, XXR raisi 18 noyabr kuni Shenchjenda APECning 2026-yilgi biznes sammiti ochilishida nutq soʻzladi. Si Szinpin mintaqa davlatlarini tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga, kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal etishga hamda urushdan keyingi jahon tartibini saqlashga chaqirdi.

U ikkinchi yoʻnalish sifatida ochiq hamkorlikni koʻrsatdi. Bunga JST shafeligidagi koʻp tomonlama savdo tizimini, erkin savdo va investitsiyalarni, shuningdek, barqaror ishlab chiqarish zanjirlarini qoʻllab-quvvatlash kiradi. Uchinchi taklif innovatsion oʻsishga, jumladan, ilmiy-texnikaviy sheriklik, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt va kam uglerodli transformatsiyaga taalluqli.

Oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻrtinchi ustuvor yoʻnalish boʻldi. Si savdo va investitsiya toʻsiqlarini bartaraf etish, ochiq mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi manfaatlarini hisobga olishga chaqirdi. Shuningdek, u Xitoy iqtisodiyoti 2026-yilning dastlabki uch choragida 4,6 foizga oʻsganini, 15-besh yillik dastur esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun oʻsish imkoniyatlarini nazarda tutishini bildirdi. Xitoy xorijiy kompaniyalarning oʻz bozoriga kirishini kengaytirish hamda sifatli tovarlar va xizmatlar importini oshirish niyatida.