Robert Pattinson Jeyms Bond rolini ijro etadi
Aktyor Robert Pattinson Jeyms Bond rolini ijro etadigan yangi aktyor sifatida tanlandi. U ishtirokidagi toʻliq metrajli filmni 2028-yilda chiqarish rejalashtirilmoqda.

Pattinson 007 agenti haqidagi franshizaning navbatdagi filmida suratga tushadi. Film ustida «Dyuna» rejissyori Deni Vilnyov va «Oʻtkir qalpoqchalar» serialini yaratgan ssenariynavis Stiven Nayt ishlamoqda.
Aktyorga tanlov natijasi haqida faqat bir kun avval xabar berishgan — bu ishni unga shaxsan Vilnyovning oʻzi aytgan. Rol uchun boshqa daʼvogarlar orasida Kallum Tyorner va Jek Laudon ham boʻlgan.
Avvalroq jurnalistlar Pattinsonga boshqa nomzodlarga qaraganda koʻproq pul taklif qilingani haqida xabar bergan edi. Biroq uning shartnomasida franshizaning atigi uchta filmida ishtirok etish koʻzda tutilgan, raqiblariga esa uzoqroq muddatli kelishuvlar taklif qilingan.
Yana oʻqing

GTA VI relizdan keyingi ilk sutkada 1,84 mlrd dollar daromad keltirdi
Madaniyat19-noyabr, 19:04
Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti kitobining arabcha taqdimoti boʻlib oʻtdi
Madaniyat19-noyabr, 15:57

