47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Germaniya TIV rahbari: Yevropaga yangi xavfsizlik arxitekturasi kerak emas

Germaniya tashqi ishlar vaziri Johann Wadephul Bokuda Yevropaga yangi xavfsizlik arxitekturasi kerak emasligini aytdi: avval kelishilgan qoidalar va tamoyillarga rioya qilish kifoya.

18-noyabr, 16:32По-русски

Read in English

Foreign, Commonwealth & Development Office / Wikimedia Commons

Wadephul bu tamoyillarni YXHKning Xelsinki yakuniy akti, Parij xartiyasi va Budapesht memorandumiga bogʻladi.

Vazir Budapesht memorandumi shartlariga koʻra, Sovet Ittifoqining huquqiy vorisi sifatida Rossiya Ukraina suverenitetini hurmat qilish va uni himoya qilishni taʼminlash majburiyatini olganini eslatdi.

U, shuningdek, Ozarbayjonga Ukrainani qoʻllab-quvvatlayotgani, jumladan, yordam yetkazib berayotgani va energiya taʼminotiga koʻmaklashayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Wadephul buni Yevropa barqarorligiga qoʻshilgan muhim hissa deb atadi.