47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston Manilada bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish choralarini taqdim etadi

Oʻzbekistonda bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha milliy ustuvor yoʻnalishlar va majburiyatlar kelishib olindi. Ular 2026-yil 18–19-noyabr kunlari Manilada boʻlib oʻtadigan konferensiyada taqdim etiladi.

12-noyabr, 17:07По-русски

Read in English

t.me

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNICEF bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha Ikkinchi global vazirlar konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida maslahatlashuv uchrashuvini oʻtkazdi. Muhokamada bolalar ombudsmani, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Oʻzbekistonning Bogotadagi konferensiyada qabul qilgan majburiyatlari bajarilishini, shuningdek, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdilar. 2026–2030-yillarga moʻljallangan strategiyaning ustuvor vazifalari ham alohida muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar qatoridan taʼlim muassasalarida xavfsiz muhit yaratish, zoʻravonlik holatlarining oldini olish va bolalarni himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish oʻrin oldi. Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston Maniladagi konferensiyada taqdim etadigan milliy yoʻnalishlar va aniq majburiyatlar boʻyicha umumiy pozitsiyani ishlab chiqdilar.

Ikkinchi global vazirlar konferensiyasi 2026-yil 18–19-noyabr kunlari Filippin poytaxtida boʻlib oʻtadi.