47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti Turkiyaga ishchi tashrif bilan boradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10–11 noyabr kunlari COP31da qatnashish uchun Antaliyaga boradi. U yalpi majlisda nutq soʻzlab, ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

10-noyabr, 17:30По-русски

Read in English

president.uz

Tashrif Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Antaliyada BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi Tomonlar konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Sammitda davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda moliyaviy institutlar rahbarlari, shuningdek, yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirok etadi. Ishtirokchilar iqlim konventsiyasi qoidalarini amalga oshirish, ekologik muammolarga qarshi kurash va «yashil» rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlikni muhokama qiladi.

Oʻzbekiston 1993 yilda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasiga qoʻshilgan, 2018 yilda esa Parij kelishuviga ishtirokchi boʻlgan.