47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Yangi iPhoneʼdagidek: insayder toʻrt tomoni egilgan, 0,3 mm ramkali ekranni tasvirladi

Digital Chat Station insayderi tekis OLED paneli va toʻrt tomoni egilgan tashqi oynali displeyni tasvirladi. Uning aytishicha, ramkaning koʻrinadigan eni taxminan 0,3 mm.

18-noyabr, 12:14По-русски

Read in English

ixbt.com

Konstruksiyada displey moduli bilan himoya oynasi ajratilgan: OLED panelining oʻzi tekis qoladi, oyna esa chetlari boʻylab egiladi. Bu egilgan matritsadan foydalanmasdan korpus chegaralarini deyarli koʻrinmas qiladi.

Avvalroq shunga oʻxshash yechim Apple asl iPhone taqdim etilganiga 20 yil toʻlishi munosabati bilan 2027-yilda taqdim etishi taxmin qilinayotgan yubiley iPhone 20 Pro haqidagi sizdirilgan maʼlumotlarda tilga olingan edi. Insayder bu ishlanmani Apple darajasidagi texnologiya deb atadi, biroq uning qaysi smartfonlarda paydo boʻlishini aniqlashtirmadi.