47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

«Oʻzbekneftgaz» Xitoyning BGP va INOVA kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiradi

«Oʻzbekneftgaz», BGP va INOVA seysmik qidiruv ishlari, geofizika uskunalarini yetkazib berish hamda hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qildi.

18-noyabr, 18:04По-русски

Read in English

Toshkentda uchrashuvni «Oʻzbekneftgaz» boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Suxrob Hamroyev oʻtkazdi. Ishtirokchilar qoʻshma loyihalarning joriy holati va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor seysmik qidiruv ishlariga qaratildi. Tomonlar rejalashtirilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish va talab etilgan sifatni taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, ular 2026 yil oxirigacha ishlarni jadallashtirish masalasini muhokama qildi.

Geofizika uskunalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish ham alohida mavzu boʻldi. Kompaniyalar texnikani toʻliq va kelishilgan muddatlarda yetkazib berish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida «Oʻzbekneftgaz», BGP va INOVA vakillari amaldagi kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga tayyor ekanini bildirdi. Hamkorlikni zamonaviy texnologiyalar va neft-gaz sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni oʻz ichiga olgan yangi yoʻnalishlar hisobiga kengaytirish rejalashtirilmoqda.