47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda besh kanalning 66 km dan ortiq sohili obodonlashtirilmoqda

Toshkentda umumiy uzunligi 66,55 km boʻlgan besh kanal sohili obodonlashtirilmoqda: qirgʻoqlar mustahkamlanib, yoʻlaklar va dam olish zonalari barpo etilmoqda.

16-noyabr, 16:59По-русски

Read in English

Toshkentda Bozsuv, Salar, Damashi, Djun va Burjar kanallari sohillarini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hokimlik matbuot xizmatiga koʻra, loyiha poytaxtning 11 ta tumanini qamrab olgan: Yunusobod, Shayxontohur, Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Olmazor.

Sohillarda qiyaliklar mustahkamlanib, piyodalar yoʻlaklari yotqizilmoqda, aholi sayr qilishi va dam olishi uchun jamoat joylari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, hokimlik kanallarning muhofaza zonalarini noqonuniy qurilmalardan tozalamoqda. Jami 326 ta yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallash holati aniqlangan. Shundan 275 tasida bino va inshootlar allaqachon buzib tashlangan, qolgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Hozirga qadar aniqlangan qoidabuzarliklarning 84 foizi bartaraf etilgan. Hokimlik maʼlum qilishicha, obodonlashtirish ishlari kanallar boʻylab aholi uchun ochiq dam olish zonalarini shakllantirishi kerak.