47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida»gi qonuniga oʻzgartishlar kiritildi

10 noyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti ijtimoiy axborot tushunchasini kengaytiruvchi qonunni imzoladi: unga sugʻurta savodxonligini oshirish ham kiritildi.

12-noyabr, 15:31По-русски

Read in English

Oʻzgartishlarga koʻra, ijtimoiy axborot endi aholi va tadbirkorlarning sugʻurta savodxonligini oshirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunday axborotning reklama beruvchilari tegishli sohalardagi vakolatli organlar boʻlishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, oʻzgartishlar isteʼmolchilarni sugʻurta xizmatlari haqida yanada toʻliq va ishonchli maʼlumot bilan taʼminlashi hamda sugʻurtaga boʻlgan ishonch oshishiga xizmat qilishi kerak.