Xitoy kompaniyalari Oʻzbekistonga biznes missiyalarini yuborishni rejalashtirmoqda
Anhui provinsiyasi tadbirkorlari Oʻzbekistonga biznes missiyalari bilan kelishni rejalashtirmoqda. Kelishuv Bengbu shahridagi forumda erishildi.

Forumda Anhui provinsiyasining energetika, avtomobilsozlik, farmatsevtika, shisha ishlab chiqarish, toʻqimachilik, qurilish va togʻ-kon sanoati sohalaridagi 50 dan ortiq korxonasi qatnashdi. Ishtirokchilarga Oʻzbekiston infratuzilmasi, xorijiy investorlar uchun imtiyozlar va iqtisodiy islohotlar natijalari taqdim etildi.
Xitoy kompaniyalari shisha ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, qayta ishlash, axborot texnologiyalari, toʻqimachilik sanoati va yashil texnologiyalar sohasidagi loyihalarga qiziqish bildirdi. Anhui HuiGlass Co., Ltd., Anhui Zhenli Auto Parts Co., Ltd., Anhui Aopu Automobile Brake System Co., Ltd. va Anhui BBCA Group Co., Ltd. bilan muzokaralardan soʻng tomonlar Qashqadaryo viloyati hokimi Anhui provinsiyasiga noyabr–dekabr oylarida boʻladigan safari davomida u bilan uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib oldi. Shundan soʻng xitoylik tadbirkorlarning Oʻzbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda.




