SpaceX ilk bor Starship kemasini start maydonida tutdi
SpaceX ilk bor Starshipʼning yuqori bosqichini start minorasining mexanik manipulyatorlari bilan tutdi. Shu parvozda Super Heavy tezlatkichi suvga tushib, portladi.

Starship 24 soat ichida Yer atrofini 14 marta aylanib, yangi Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini orbitaga chiqardi va Texasdagi Starbase kosmodromiga qaytdi.
Pastlayotganda apparat oldinga qaratilgan qorni bilan harakatlandi, start minorasi oldiga kelgach esa vertikal holatga oʻtdi. Ikki bukiladigan manipulyator kemani ilib, uning qulashini toʻxtatdi.
Avval SpaceX qaytayotgan Super Heavy tezlatkichini uch marta tutishga muvaffaq boʻlgan, biroq kompaniya Starshipʼning yuqori bosqichini ilk bor tutdi. Bu parvozda tezlatkichning oʻzi maydonchaga qaytmadi: u Meksika qoʻltigʻiga tushganidan keyin portladi.
Mexanik tutib olish Starshipʼdan qayta foydalanishni tezlashtirishi kerak. Kompaniya kelajakda kemani yiliga minglab marta uchirishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, qisman qayta foydalaniladigan Falcon 9 hozir yiliga yuzlab parvozlarni amalga oshiradi va dunyodagi orbital yuklarning katta qismini orbitaga olib chiqadi. Ushbu texnologiya kosmik parvozlar narxini ham pasaytirishi va NASA dasturlarini amalga oshirishga yordam berishi kutilmoqda.




