Italiyada ikki kun ichida minglab maktablar portlash tahdidi yozilgan xatlar oldi
11 va 12 noyabr kunlari Italiyaning minglab maktablariga portlash tahdidi yozilgan anonim xatlar yuborildi. Italiya hukumati maʼlumotiga koʻra, ikkinchi kuni 77 ta taʼlim muassasasi evakuatsiya qilindi.

Xatlar tarqatilgan birinchi kuni ularni qariyb 6 mingta maktab olgan, deya maʼlum qildi Italiya taʼlim vazirligi. Ayrim taʼlim muassasalarida darslar toʻxtatilib, oʻquvchilar va xodimlar binolardan chiqarildi. Tekshirilgan binolarda portlovchi qurilmalar topilmadi. Bosh vazir Jorja Meloni rasmiylar haqiqiy xavfni aniqlamaganini bildirdi.
Keyingi kuni hukumatning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, tahdidlar yana qariyb 3,8 mingta maktabga yuborildi. Evakuatsiya qilingan 77 ta maktabdan 36 tasi oʻsha kunning oʻzida ertalab darslarni qayta boshladi. Xatlarning birinchi toʻlqinidan soʻng hukumat maktab direktorlariga va prefektlarga aniq tahdid mavjud boʻlsa, evakuatsiya oʻtkazishni tavsiya qildi.
Pochta politsiyasi xatlarning tarqatilishini tergov qilmoqda va ularni yuborgan shaxslarni aniqlamoqda. Xatlarda Meloniga qarshi tahdidlar ham boʻlgan.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

