47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Mirziyoyev BMT vakili bilan choʻllanishga qarshi kurashni muhokama qildi

Antaliyada prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi oʻrinbosari Yasmin Fuad bilan choʻllanishga qarshi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.

12-noyabr, 19:22По-русски

Read in English

BMT Bosh kotibining oʻrinbosari va BMTning Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Yasmin Fuad bilan uchrashuvda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash hamda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Tomonlar soʻnggi besh yil davomida hamkorlik doirasida 15 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilganini qayd etdi. Orolboʻyi hududida ekologik muvozanatni tiklash, oʻrmon maydonlarini kengaytirish va qurgʻoqchil ekotizimlar barqarorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari uglerod yutilishini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish va uglerod moliyalashtirishi uchun mablagʻ jalb etish muhimligini ham taʼkidladi. Uchrashuv yakunida choʻllanishga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish haqida kelishuvga erishildi.