Yevrokomissiya Ukrainaga YI umumiy qarzi hisobidan 45 milliard yevro kredit ajratishni taklif qildi
Mablagʻlarni xalqaro bozorlarda Yevropa Ittifoqi obligatsiyalarini chiqarish orqali jalb etish rejalashtirilmoqda, deb maʼlum qildi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen.

Qarzga xizmat koʻrsatish xarajatlarini Ukraina foizlarni mustaqil ravishda toʻlamasligi uchun YI budjeti hisobidan qoplash rejalashtirilmoqda.
Yangi kredit Ukrainada 2027-yil uchun 70 milliard yevroga baholanayotgan budjet taqchilligining qariyb uchdan ikki qismini qoplashi kerak. 45 milliard yevroning 25 milliard yevrogacha boʻlgan qismi harbiy yordamga, 20 milliard yevrogacha boʻlgan qismi esa Ukraina davlat budjetini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilishi rejalashtirilmoqda. Kiyev moliyaviy ehtiyojlarining qolgan qismini Buyuk Britaniya, Norvegiya, Kanada va Yaponiya yordami hisobidan qoplashni kutmoqda.
Avvalroq YI yetakchilari 2026–2027-yillarda Ukrainaning harbiy va moliyaviy ehtiyojlari uchun 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni maʼqullagan edi. 45 milliard yevrolik yangi tashabbus qoʻshimcha moliyalashtirish mexanizmi sifatida koʻrilmoqda.
Slovakiya, Vengriya, Chexiya va Bolgariya yangi mexanizmda ishtirok etishni istamasligini bildirdi. Biroq ularning pozitsiyasini yakuniy huquqiy jihatdan rasmiylashtirish hali oldinda. Tashabbusni ilgari surish masalasini Yevropa Ittifoqi yetakchilari uchrashuvida muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

