Deni Vilnyov «Dyuna: Uchinchi qism»ni trilogiyadagi eng yaxshi film deb biladi
Rejissyor Deni Vilnyov «Dyuna: Uchinchi qism»ni trilogiyaning eng yaxshi qismi deb biladi. Film premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan.

Vilnyov intervyuda yangi film dastlabki ikki film formulasining takrori emas, mustaqil badiiy asar boʻlishini aytdi. Syujet markazida Pol Atreides va Chani munosabatlari qoladi, biroq Chani Polning hokimiyat sari koʻtarilishiga yanada tanqidiy qaraydi.
Uchinchi qismga Frenk Gerbertning «Dyuna masihasi» kitobi asos boʻlgan. Voqealar original hikoyadagi hodisalardan 12 yil keyinga koʻchadi. Vilnyov film ustidagi ishni hayoti va ijodidagi muhim oʻn yillik davrning yakuni deb ham atadi. Intervyu paytiga kelib, jamoa postprodakshnni yakunlab, 70 millimetrlik IMAX nusxasini tayyorlagan edi.
Film rejissyorning «Dyuna» olamidagi soʻnggi ishi boʻladi. Shundan soʻng Vilnyov Robert Pattinson bosh rolni ijro etishi kutilayotgan yangi Jeyms Bond filmi ustida ishlashga eʼtibor qaratmoqchi.
Yana oʻqing

GTA VI relizdan keyingi ilk sutkada 1,84 mlrd dollar daromad keltirdi
Madaniyat19-noyabr, 19:04
Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti kitobining arabcha taqdimoti boʻlib oʻtdi
Madaniyat19-noyabr, 15:57

