47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Google Wallet iOSʼda ishga tushmoqda

Hozircha ilova AQShdagi foydalanuvchilar uchun mavjud. U toʻlov vositalari, chiptalar, safar maʼlumotlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni saqlaydi.

19-noyabr, 10:25По-русски

Read in English

engadget.com

Google Walletʼning iOS uchun versiyasi bugundan boshlab AQShda mavjud. Ilova raqamli toʻlov vositalari, chiptalar va safar haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar hamda hisob maʼlumotlarini saqlash imkonini beradi.

Google, shuningdek, Walletʼni kompaniyaning turli servislarida agent funksiyalaridan foydalangan holda xarid qilish markazi sifatida taqdim etmoqda. Biroq iOS versiyasida telefonni tekkizib toʻlash imkoniyati yoʻq. Google bu imkoniyat keyinroq paydo boʻladimi-yoʻqmi, aniqlik kiritmadi.