Google Gemini chatlarini tarix oʻchirilganda qariyb ikki oy saqlaydi
Google Geminiʼning vaqtinchalik chatlarini saqlash muddatini tarix oʻchirilganida ham 72 soatdan qariyb ikki oygacha uzaytiradi. Joriy etish yaqin haftalarda boshlanadi.

Oʻzgarish tarixning yangi sozlamasi oʻchirilganidan keyin yaratilgan suhbatlarga taalluqli. Google uzoqroq saqlashni foydalanuvchilar soʻrovlariga javob berish, ularning fikr-mulohazalarini qayta ishlash, shuningdek kompaniya, foydalanuvchilar va jamiyatni himoya qilish zarurati bilan izohladi. Yangilangan maxfiylik markazida tizimlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar ham tilga olingan. Vaqtinchalik chatlardan sunʼiy intellekt modellarini oʻqitishda foydalanilmaydi.
Avval Gemini tarixi va suhbatlardan modellarni oʻqitish uchun foydalanish Keep Activity nomli bitta parametr orqali boshqarilgan. Endi bu sozlamalar ajratiladi: foydalanuvchi suhbatlarni tarixda saqlab, Googleʼga ulardan generativ modellarni oʻqitish uchun foydalanishni alohida taqiqlashi mumkin.
Keep Activityʼni avval oʻchirgan foydalanuvchilarda ikkala yangi sozlama ham sukut boʻyicha oʻchiriladi. Parametri yoqilgan foydalanuvchilarda tarix faol boʻlib qoladi, biroq suhbatlardan modellarni oʻqitishda foydalanishga berilgan ruxsatni alohida oʻzgartirish mumkin. Yangi parametrlar Gemini ilovasida butun dunyo boʻylab yaqin haftalarda bosqichma-bosqich yoqila boshlaydi.




