Fernandesh «MYU» bilan muzokarani Pochettino oʻzini isbotlamaguncha kechiktirdi
«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh, mavjud maʼlumotlarga koʻra, yangi shartnoma boʻyicha muzokarani Maurisio Pochettinoning ishiga baho berilguncha kechiktirdi.
16-noyabr, 00:37По-русски

championat.com
Fernandesh mavsumning omadsiz startidan hafsalasi pir boʻldi: jamoa Angliya Premyer-ligasida quyi ligaga tushib ketish zonasiga kirdi, shundan soʻng bosh murabbiy Maykl Kerrik klubni tark etdi.
«Manchester Yunayted» futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga bir tomonlama uzaytirishi mumkin. Klub futbolchi boshqa jamoa bilan dastlabki shartnoma tuzib qoʻymasligi uchun buni yanvargacha amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Fernandesh yangi shartnoma boʻyicha ikkita taklifni rad etgan.




