Dublindagi sammitda YI yetakchilari Ukraina mojarosi va sunʼiy intellektni koʻrib chiqadi
Dublinda boʻlib oʻtadigan norasmiy uchrashuvda YI yetakchilari Ukraina atrofidagi voqealar, tinchlik muzokaralari va Yevropaning sunʼiy intellekt sohasidagi keyingi qadamlarini muhokama qiladi.
Bu haqda Yevropa kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv ishtirokchilari Yevropaning diplomatik saʼy-harakatlardagi rolini, shuningdek, Ukrainaning kelajagiga taʼsir qiluvchi masalalar boʻyicha YIning yagona pozitsiyasiga ehtiyojni ham muhokama qiladi. Yetakchilar mamlakatni qoʻllab-quvvatlashni, jumladan, ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni tasdiqlash niyatida.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Dublinda Yevropa Ukrainaga oid muzokaralardan nimalarni kutayotganini belgilashi va kelajakdagi xavfsizlik arxitekturasi boʻyicha oʻz qarashlarini shakllantirishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, shundan keyin Rossiya bilan keyingi muloqot formatini belgilash mumkin boʻladi.
YI yetakchilari darajasida ilk bor sunʼiy intellektga alohida strategik muhokama bagʻishlanadi. 27 davlatning barchasi ishtirokidagi ishchi tushlikda qatnashchilar Yevropaning bu sohadagi keyingi qadamlari yuzasidan fikr almashadi.
Muhokamada taklif etilgan ekspertlar — Fransiyaning Mistral AI kompaniyasi bosh direktori Artur Mensh va Nobel mukofoti laureati, zamonaviy neyron tarmoqlariga asos solgan ishlari bilan tanilgan britan-kanadalik professor Jeffri Hinton ham ishtirok etadi.
Yana oʻqing

Senatda “Radioaktiv chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Siyosat12:47
Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv va elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtiradi
Siyosat10:10

