47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Soxta mehnat shartnomalari sabab 50 dan ortiq oʻzbekistonlikka Xorvatiya vizasi berilmadi

Migratsiya agentligi soxta mehnat shartnomalari sabab 50 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosiga Xorvatiyaga ishlash vizasi berilmaganini bildirdi.

18-noyabr, 16:02По-русски

Read in English

Xorvatiya tomoni maʼlumotiga koʻra, xususiy bandlik agentliklari orqali topshirilgan 17 ta arizaning barchasi rad etilgan. Vakolatli organlar alohida qaror qabul qilsa, arizachilarning nafaqat Xorvatiyaga, balki Shengen hududiga ham kirishi bir necha yilga taqiqlanishi mumkin.

Agentlik tayyor ish haqidagi takliflar koʻpincha Telegram, Instagram va WhatsApp orqali tarqatilishidan ogohlantirdi. Konsalting kompaniyalari xorijda ishga joylashtirishni tashkil etishga haqli emas: buni faqat litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari amalga oshirishi mumkin.

Shartnomada ish joyi, ish haqi va mehnat shartlari koʻrsatilishi kerak. Viza olishning oʻzi ishga joylashishni kafolatlamaydi. Xorijiy ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiyligini Migratsiya agentligi ICMPD bilan hamkorlikda tashkil etgan Migratsiya resurslari markazida bepul tekshirish mumkin. Murojaat uchun telefon: +998 90 819-06-25.