Oʻzbekiston va Indoneziya savdo hamda investitsiyalarni kengaytirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning indoneziyalik hamkasbi Armanatxa Nasir iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb atadi.
13-noyabr, 14:48По-русски

Amb.Fathi / Wikimedia Commons
12 noyabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali suhbatda vazirlar savdoni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlik va siyosiy muloqotni faollashtirish masalalarini muhokama qildi. Suhbat tafsilotlarini Saidov maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda hamkorlik qilish masalasini muhokama qilib, boʻlajak tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashdi. Suhbat yakunlari boʻyicha xabarda aniq bitimlar, loyihalar va muddatlar keltirilmagan.




