47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi

2026 yil yanvar–oktabrida Oʻzbekiston banklari 23,6 trln soʻmlik 75,8 mingta ipoteka krediti berdi — bu bir yil avvalgidan 39,5 foiz koʻp.

20-noyabr, 14:55По-русски

Read in English

Oʻzbekistonda 2026 yil yanvar–oktabrida banklar bergan ipoteka kreditlari hajmi 23,6 trln soʻmga yetdi. Eʼlon qilingan statistikaga koʻra, jismoniy shaxslar jami 75,8 mingta shunday kredit olgan.

Koʻchmas mulkning birlamchi bozorida banklar 17,4 trln soʻmlik ipoteka krediti berdi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 42 foiz koʻp. Ikkilamchi bozorga 6,2 trln soʻm toʻgʻri kelgan, yillik oʻsish 33 foizni tashkil etgan.

Kreditlash umumiy hajmining 12,2 trln soʻmi erkaklarga, 11,4 trln soʻmi esa ayollarga berilgan. Bunda erkaklar uchun kreditlar summasi yil davomida 20,9 foizga, ayollar uchun esa 67 foizga oshgan.

Yosh qarz oluvchilarga banklar 22,3 mingta ipoteka krediti berdi — bu bir yil avvalgidan 36,5 foiz koʻp. Ularning umumiy summasi 7,2 trln soʻmni tashkil etib, 2025 yil yanvar–oktabridagi koʻrsatkichdan 42,9 foizga oshgan.