47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Termizda Hakim Termiziy merosiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtmoqda

Termizda 20 noyabr kuni Hakim Termiziyning 1200 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtmoqda. Unda olimning ilmiy-maʼnaviy merosi va bugungi ahamiyati muhokama qilinmoqda.

20-noyabr, 14:29По-русски

Read in English

gov.uz

Konferensiya Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilmoqda. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ham qatnashmoqda. U oʻz nutqida olimning islom olami va jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan hissasi haqida soʻzlab, viloyat mehmonlarini qutladi.

Forumga 20 nafardan ortiq taniqli olim va ulamolar, musulmon davlatlari muftiylari, Oʻzbekiston davlat va jamoat arboblari tashrif buyurdi. Xorijiy ishtirokchilar orasida Malayziya, Indoneziya, Misr, Italiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan islomshunoslik boʻyicha mutaxassislar bor.

Mavzuga oid seksiyalarda Hakim Termiziy merosining jahon sivilizatsiyasidagi oʻrni, uning bugungi avlod uchun ahamiyati hamda ushbu ilmiy va maʼnaviy asarlarni kelgusida targʻib qilish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Konferensiya ishi davom etmoqda.