Tesla Optimus robotlari foydali qazilmalarni qazib, rudani qayta ishlashga yuborilishi mumkin
Tesla bosh direktori Ilon Mask Optimus oldindan dasturlanmasdan vazifa bajaradigan video tayyorlanayotganini aytdi. U qazib olish va rudani qayta ishlashni ehtimoliy qoʻllanishlar qatorida sanadi.

Ostindagi Tomorrow X sammitida Mask Tesla oldindan yozib olingan harakatlar toʻplamini emas, robotning mustaqil qaror qabul qilishi va atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga moslashish qobiliyatini namoyish qilmoqchi ekanini aytdi.
Kompaniya namoyish videosini tayyorlamoqda. Mask avvalroq video 2026-yil uchinchi choragi yakunlari boʻyicha konferensiyadan keyin bir-ikki oy ichida chiqishini aytgan edi.
Optimusning ehtimoliy vazifalari qatorida Mask foydali qazilmalarni qazib olish va rudani qayta ishlashni sanadi. Uning aytishicha, bunday ish katta jismoniy kuch talab qiladi va odamlar uchun xavfli boʻlishi mumkin. Shu bois avtomatlashtirish xodimlarning bunday jarayonlardagi ishtirokini kamaytirishi mumkin.
U, shuningdek, uzoq muddatli maqsad sifatida uchinchi avloddan yiliga 1 mln tagacha robot va toʻrtinchi avloddan 10 mln tagacha qurilma ishlab chiqarishni aytgan. Bu koʻrsatkichlar hozircha Teslaʼning amaldagi ishlab chiqarish quvvatlari sifatida tasdiqlanmagan.




