47-hafta · 2026Juma, 20-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekistonda qisqartirilganlar uchun muddatidan oldin pensiya rasmiylashtirish osonlashdi

Oʻzbekistonda shtat qisqartirilishi yoki tashkilot yopilishi sabab ishdan boʻshatilganlar uchun muddatidan oldin pensiyaga ariza berish soddalashtirildi. Xizmat my.gov.uzʼda bepul.

20-noyabr, 14:43По-русски

Read in English

Oʻzbekistonda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali shtat qisqartirilishi yoki tashkilot yoxud yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilishi sabab ishsiz qolgan fuqarolar uchun onlayn xizmatni ishga tushirdi.

Arizani 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan, kamida 25 yillik mehnat stajiga ega erkaklar hamda 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan, kamida 20 yillik stajga ega ayollar topshirishi mumkin. Arizaga mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi, staj toʻliq raqamlashtirilmagan boʻlsa, mehnat daftarchasi nusxasi ilova qilinadi.

Ariza ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Fuqaro bandlik organida roʻyxatdan oʻtgach, 10 kun ichida mos ish topishda koʻmak soʻrab murojaat qilishi kerak. Agar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab uch oy ichida mos ish topilmasa, arizachi ishsiz deb eʼtirof etiladi. Shundan soʻng pensiyani muddatidan oldin tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirilib, Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda yuboriladi.